Koronavirus: baland ovozda gapirish yoki yo‘talish xavflimi?

Koronavirus: baland ovozda gapirish yoki yo‘talish xavflimi?

Suhbat paytida koronavirus yuqishi mumkin, suhbatdoshning baland ovozi infeksiyaning tezligiga ta’sir qiladi. Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda ma’lum qilindi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Milliy Sog‘liqni Saqlash Institutlari mutaxassislari suhbat paytida odamning og‘iz bo‘shlig‘ida tomchilar shaklida to‘planadigan suyuqlik paydo bo‘lishini aniqladilar. Bir daqiqalik baland suhbatda mingga yaqin virusni o‘z ichiga olgan tomchilar atrofga tarqaldi. Olimlarning tavsifiga ko‘ra, bunday tomchilar havoda 8 daqiqa, ba’zan esa 14 daqiqadan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Olimlar tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelishdi: baland ovozda gapirish, qattiq yo‘talish yoki aksirish koronavirus tarqalishiga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!