Koronavirus! 21 yoshli hamshira vasiyatnoma yozib qoldirdi

Koronavirus! 21 yoshli hamshira vasiyatnoma yozib qoldirdi

Irlandiyaning Dublin shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan hamshira to‘satdan vafot etishim mumkin deb vasiyat yozgan. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Agar hozir tibbiy xodimlar o‘rniga o‘zingizni qo‘yish qiyin bo‘lsa, men nima bo‘layotganini aniqroq tasvirlashga harakat qilaman. Vasiyatnoma yozib qoldirdim. Men uni xonamga yashirib, agar menga biron bir narsa bo‘lsa, uni qayerdan topish kerakligini do‘stimga aytdim", deb tan oldi 21 yoshli Keyt O'Flaerti.

O'Flaerti hozir barcha tibbiyot xodimlari uchun qiyin davr ekanligini va ish jarayonida har kim yangi narsani o‘rganishi kerakligini ta’kidladi. “Biz qahramonlar deb nomlanishimizni xohlamaymiz. Biz odamlar uylarining ayvoniga chiqib, qarsak chalishini istamaymiz", deya qo‘shimcha qildi u. "Biz sizni tibbiyotga aloqador ishchilar munosib maosh olishlari va mehnat sharoitlari bilan ta’minlanishlari uchun hissa qo‘shishga chaqiramiz".

Ko‘pchilik O'Flaertini qo‘llab-quvvatladi va minnatdorchilik bildirdi. Yosh tibbiyot xodimiga sog‘liq va kuch tiladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!