Koreyaga ketgan 7 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi. Bu migrantlar uchun taqiqmi?

Koreyaga ketgan 7 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi. Bu migrantlar uchun taqiqmi?

2021 yilning noyabr oyidan boshlab Koreya Respublikasiga fuqarolarni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda kirib borishi qayta yo‘lga qo‘yilgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibining xabar berishicha, joriy yil 6 yanvar kuni 100 nafar fuqaro vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreyaga jo‘natilgan.

Fuqarolar Koreya tomonidan tan olingan vaksina bilan eslangan bo‘lishsada, ketishdan 72 soat oldin olingan PSR testi natijasiga ko‘ra Covid-19 infeksiyasi aniqlanmaganiga qaramasdan, Koreya Respublikasi hududida kirib borgan yurtdoshlarimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Xususan, 2021 yil 23-30 dekabr kunlari jo‘nab ketgan fuqarolarning 1 nafarida, 2022 yilning 6 yanvar kuni jo‘nab ketgan 98 nafar fuqaroning 6 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Koreya Respublikasi tomonidan O‘zbekiston uchun ushbu davlatga kirib boruvchi fuqarolar soni qisqarishi, hattoki vaqtinchalik to‘xtatilishi kabi cheklovlar qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda.

Shuningdek, sizlardan karantin qoidalarga qat’iy amal qilishingizni, agarda o‘zingizda koronavirus infeksiyasi alomatlarini sezsangiz, fuqarolar bilan muomalada bo‘lmasligingizni so‘raymiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarimizning Koreya Respublikasiga cheklovlarsiz kirib borishini ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda:

1. Koreya Respublikasi Inson Resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan jo‘nab ketishi tasdiqlangan fuqarolar ketishdan oldin jami 3 marta PSR testidan o‘tishlari belgilandi;

2. Fuqaroda Koreya Respublikasiga borgach, Covid-19 infeksiyasi aniqlansa, barcha xarajatlar fuqaro tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!