Konstitusiyaga mahbuslar huquqlarini ta’minlash borasida qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda?

A A A
Konstitusiyaga mahbuslar huquqlarini ta’minlash borasida qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda?

Bugungi kunda mavjud qonunlarda, jumladan, Jinoyat, jinoyat prosessual va jinoyat ijroiya kodekslarida mahbuslarning huquqlari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar aniq ko‘rsatib berilgan hamda ushbu qonunlarga muvofiq mahbuslar va mahkumlarning huquqlari amalga oshirilmoqda.

Ammo yuqoridagi kodeks va qonunlarda mahbuslarning, ya’ni qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini to‘la-to‘kis himoya qilish va ularni ta’minlashda bo‘shliqlar borligi, qonunlarda ayrim tafovutlar mavjudligi ham hech kimga sir emas.

Umuman olganda, xalqimiz istiqlolga qadar ya’ni Chor Rossiyasi va Sobiq Ittifoq mustamlakasi sifatida ko‘plab qatag‘onlarga uchradi, xalqimizning asl farzandlari, ozodlik uchun kurashganlar barchasi qamoqqa olinib, u yerda turli tazyiqlarga duchor bo‘lishdi. 1980 yillar o‘rtalarida bo‘lgan “o‘zbeklar ishi” natijasida ham ko‘plab yurtdoshlarimiz, xalqimiz vakillari hech bir asossiz qamoqqa olinib, turli qiynoqlar va g‘ayriinsoniy munosabatlarga duchor bo‘lishgani ham xalqimiz yodidan ko‘tarilgani yo‘q.

Bularning barchasi, qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ahvoli, ularga bo‘ladigan munosabat, umuman mahkum va mahbuslarga nisbatan insoniy munosabatlarda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qadr-qimmatini, sha’nini va huquqlarini muhofaza qilish ham davlat tomonidan kafolatlanishi Konstitusiya normasi bilan mustahkamlab qo‘yilishi davr talabidir.

Ya’ni, bugungi kunda yuqoridagi mavzu bo‘yicha Konstitusiyaga kiritish taqdim etilgan o‘zgarishlar quyidagilardir :

Jumladan, Konstitusiyaning 25-moddasiga jinoyat qonunchiligiga oid normalar qo‘shilyapti:

  • Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sud qaror qabul qilmagunicha 48 soatdan ko‘p muddat ushlab turilishi mumkin emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod qilinishi kerak.
  • Shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerak.
  • Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
  • Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
  • Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
  • Har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas.

26-moddaga qo‘shilayotgan inson huquqlari va sud-huquq tizimiga oid normalar:

  • Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
  • Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
  • Hech bir shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
  • Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘linishi va ularning shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishi kerak.
  • Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, aynan inson huquqlarini dastlabki tergov va sudda ta’minlash borasida, Konstitusiyaga 261- va 262-moddalarni qo‘shish taklif etilyapti, bu yangi moddalarda quyidagilar belgilanmoqda:

  • Har bir shaxs advokat yordamidan o‘z tanloviga ko‘ra hamda jinoyat prosessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran foydalanish huquqiga ega.
  • Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish, o‘ziga qarshi ko‘rsatma bergan guvohlar bilan yuzlashtirilish, o‘z foydasiga ko‘rsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi huquqiga ega.
  • Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiiste’mol qilishdan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensasiya qilinishini ta’minlaydi.
  • Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
  • Hech kim ayni bir huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
  • Hech bir shaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmish uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
  • Qilmish uchun jazoni istisno etadigan yoki yengillashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega.
  • Javobgarlikni belgilaydigan yoki og‘irlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
  • Hech bir inson rasmiy ravishda e’lon qilinmagan qonunga asosan hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Taklif etilayotgan o‘zgarishlar, bugungi kunda davlatimizdagi hokimiyat va boshqaruv idoralari vakillari, barcha faol fuqarolar tomonidan keng muhokama bo‘layotgani albatta ijobiy hodisadir. Konstitusion islohatlardan biri sifatida yuqoridagi dolzarb o‘zgarishni ya’ni, mahkum va mahbuslarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish, ularning qadr-qimmatini ta’minlashning shartligi haqida normalarni Konstitusiyada aks etishi o‘ylaymizni yurtimizda inson huquqlarini to‘liq va barcha fuqarolarga nisbatan mavjudligini ta’minlashga asos poydevor bo‘ladi.

Zafarjon Omonov, jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Ikki vertolyot to‘qnashuvi natijasida mashhur qo‘shiqchi va bloger vafot etdi

Бу ҳақда CNN Brasil телеканали хабар берди.

Tramp Eronga jiddiy yon bosdi

Бундай фикрни Жо Байден маъмурияти давридаги Давлат департаментининг собиқ матбуот котиби Метю Миллер билдирди.

Saida Mirziyoyeva: “Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim”

“Бу курашда четда томошабин бўлиб туришга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ”, деб ёзади Президент Администрацияси раҳбари.

"Putin o‘z ismini tarixdagi eng dahshatli vahshiylar ro‘yxatiga abadiy yozib qo‘ydi"

Украина ТИВ раҳбари Россиянинг Киево-Печерск лаврасига берган зарбасини ваҳшийлик деб атади

JCH-2026: 15 iyun kungi o‘yinlar jadvali

АҚШ, Канада ва Мексика давлатлари 2026 йилги Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилмоқда.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.