Konimex tuman sudi fuqaroni muddatidan oldin shartli ozod etdi

Konimex tuman sudi fuqaroni muddatidan oldin shartli ozod etdi

2019 yil 3 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Elmuratov Ulug‘bek Ismailovich 23.06.2017 yilda JIB Qiziltepa tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismining “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi asosan 3 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,  va JKning 45-moddasiga asosan, 2 muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash jazosi tayinlangan. Elmuratov Ulug‘bek Ismailovich 2019 yil 3 dekabr kuni  jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi tomonidan sayyor qabulida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Elmuratov Ulug‘bek Ismailovich yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga, qonun ustivorligini ta’minlashda ishtirok etayotgan sudyalarga, xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisiga va sud xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!