Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi

Kollej va texnikumlarning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Shu yilning 26–30 sentyabr kunlari 2023/2024 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

"Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4 oktyabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellasiya komissiyasiga apellasiya shikoyatini berish huquqiga ega", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 26–29 sentyabr kunlari 2 smenada o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!