Kirkorovning hayotiga suiqasd uyushtirganlar bu ishda Galkinni ayblashmoqda

Kirkorovning hayotiga suiqasd uyushtirganlar bu ishda Galkinni ayblashmoqda

2017 yili to‘rt nafar dog‘istonlik Rossiya xalq artisti, Alla Pugachyovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Filipp Kirkorov hayotiga suiqasd uyushtirishda ayblanib qo‘lga olingan. O‘shanda 6 iyul kuni Dog‘istondagi Xazar restoranida Filip Kirkorov konsert bergan. Konsert paytida to‘rt jinoyatchi portlovchi qurilmalarni ishga tushirishi kerak edi. Ular 20 yoshli Xidirnabi Kazuyev, Gabibula Xalduzov, Samir Ibragimov, Shamil Muhammedov edi.

Ular qo‘lga olingandan beri ko‘p marotaba ko‘rsatmalarini o‘zgartirishdi. Tergovchilar jinoiy ish tafsilotlarini o‘rganib chiqqach, bu harakatlarni terrorga yo‘yishdi. Chunki olingan ma’lumotlar terrorni to‘liq qo‘llab-quvvatlardi. Ya’ni, Xidirnabi dunyoda faoliyati taqiqlangan ISHID jangari kallakesarlar guruhi bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Ular Xidirnabini kerakli qurol-aslaha, bomba yasash uchun xom-ashyo bilan ta’minlagan.

Lekin oradan ancha vaqt o‘tib, Xidirnabi ham, hamtovoqlari ham bu ayblovni keskin rad eta boshlashdi. Aytishdiki, aslida restoranda ular terror harakati uyushtirishni mo‘ljallashmagan. Aksincha, Filipp Kirkorovning o‘zini o‘ldirishga chog‘lanishgan. Bu suiqasdga esa Alla Pugachyovaning hozirgi eri shoumen Maksim Galkin buyurtma bergan. Galkin Xidirnabi va uning sheriklariga Kirkorovni o‘ldirsa, 2 million rubl miqdorida haq to‘lashni va’da qilgan. Oldindan pullarning yarmisini va smartfon, simkarta taqdim etgan.

To‘rt jangari oldindan bombalarni ham hozirlab qo‘yishgan. Faqat keyinchalik, aniqrog‘i, konsert boshlangan kuni Xidirnabi va sheriklari bu ishni amalga oshirishdan bosh tortishgan. O‘ylab ko‘rishsa, suiqasd tufayli ko‘p odam o‘lib ketarkan. Shunday qilib, Kirkorovning joniga qasd qilish operasiyasi bekor qilingan. Berilgan 1 million rublni esa Xidirnabi bombalar yasashga sarflab yuborgan.

Hozir ham to‘rt jangari tergovchilar tarafidan qabul qilingan terror harakati uyushtirishga hozirlik ko‘rish versiyasini rad etishmoqda.
Maksim Galkin esa xuddi shu mavzuda sharh berishdan bosh tortdi. Aytdiki, bunaqangi qotilliklar uning tabiatiga, imijiga xos emas.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!