"Kinokarvon" "Ma’rifat bog‘i"dan boshlandi

A A A
"Kinokarvon" "Ma’rifat bog‘i"dan boshlandi

"Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostidagi “Kinokarvon" ijodiy loyihasi doirasida bir guruh ijodkorlar Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Ushbu loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mehmonlar tomonidan loyihaning ilk kunida “Ma’rifat bog‘i” tashkil etilib, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bog‘ uchun maxsus barcha sug‘orish imkoniyatlariga ega joy tanlanishi bilan birga, uning atrofi ma’naviyat maskanlari, bolalar o‘yingohi, turli xil sayr qiladigan hududlarga ham bog‘langan.

Ma’lumot uchun, avvalroq, Sirdaryo viloyatida ham "Ma’rifat bog‘i" tashkil qilinib, 200 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!