Kim Chen In yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ko‘rsatma berdi

Kim Chen In yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ko‘rsatma berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi (KSNA).

“RIA Novosti”ning STAKga tayanib yozishicha, tegishli qurollar zaxirasini “eksponensial” oshirish kerak.

“Hurmatli o‘rtoq Kim Chen In yadro qurolini izchil ishlab chiqarishga turtki berish zarurligini, Yadro qurollari instituti va atom energetikasi sohasi xizmatchilari esa zarur yadro xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirishi kerakligini aytdi. Partiya Markaziy Qo‘mitasining yadro quroli zaxirasini eksponent tarzda ko‘paytirish rejasini izchil amalga oshirish maqsadida qurol yaratgani uchun”, — deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yetakchisi yadroviy quroldan “istalgan vaqtda va istalgan joyda” foydalanishga “ideal” tayyor bo‘lishga chaqirdi, shuningdek, “yadroviy kuchlarni uzluksiz mustahkamlash” zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!