Keng ko‘lamli hakerlik hujumi: Ruslar MTC va «Bilayn» xizmatlaridagi beqaror internet aloqasidan shikoyat qilmoqda

Keng ko‘lamli hakerlik hujumi: Ruslar MTC va «Bilayn» xizmatlaridagi beqaror internet aloqasidan shikoyat qilmoqda

Ukraina xakerlari Rossiya internet provayderlari va harbiy kompaniyalarga yirik kiberhujum uyushtirdi.

Ukraina harbiy razvedka boshqarmasi xakerlari 24 avgust kuni Rossiya internet-provayderlari serverlariga ommaviy kiberhujum uyushtirib, Rossiyadagi sanoat ob’ektlarining «o‘nlab» onlayn platformalarini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar berdi Kyiv Independent nashriga harbiy razvedkadagi manba.

Oxirgi hujum kamida 33 ta server va sanoat korxonalaridagi 283 ofis kompyuteriga ta’sir ko‘rsatdi, 21 veb-saytni o‘chirib tashladi va 15 ta bulut va fayl omborini yo‘q qildi. Manbaga ko‘ra, ukrainalik xakerlar zarar ko‘rgan onlayn platformalarda ukrainaparast xabarlarni qoldirishgan.

Rossiyalik foydalanuvchilar «Rostelekom» raqamli xizmat ko‘rsatuvchi provayderning nosozliklari, MTC va «Bilayn» mobil operatorlari, shuningdek, «Yandeks» transmilliy texnologiya kompaniyasi va uning xizmatlaridagi beqaror internet aloqasi haqida shikoyat qilishgan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, kiberhujumlarga uchragan rus platformalari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlaydi va moliyalashtiradi.

Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlovchi sanoat ob’ektlariga tegishli o‘nlab xizmatlar ham hujumga uchradi.

Ukraina xakerlari Rossiya huquq-tartibot idoralari uchun asbob-uskunalar, samolyotlar va vertolyot komponentlarini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, apparat va dasturiy ta’minot, serverlar va prosessorlar va boshqa mahsulotlarni yetkazib beruvchi zavod va kompaniyalarning tarmoq infratuzilmasini nishonga oldi.

Rossiya internet-provayderlarining bulutli va fayl omborlari, jumladan, Rossiyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan internet portallaridan biri Mail.ru ham hujumga uchradi. Manbaga ko‘ra, yorug‘lik uskunalari, dizel elektr stansiyalari, hosting provayderlari va ballistik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning kamida yigirmaga yaqin veb-saytlari ham zararlangan.

Ukraina xakerlari 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri muntazam ravishda rus onlayn platformalariga hujum qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!