Kelayotgan haftada ob-havo qanday bo‘lishi taxmin qilindi

Kelayotgan haftada ob-havo qanday bo‘lishi taxmin qilindi

O‘zgidromet respublikada kelayotgan ish haftasi quruq sovuq bo‘lishini prognoz qilgan.

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 26 yanvar kuniga qadar respublika bo‘ylab sovuq haroratlar saqlanadi. Shimol va tog‘larda tunlari -18 -19 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari shimolda nol darajadan sovuq harorat, janubda esa +5 darajagacha iliq haroratlar kutilishi ma’lum qilingan.

Umumiy hisobda, respublikaning katta qismida tunlari -8 -13 daraja sovuq, kundauz kunlari nol daraja atrofida iliq bo‘lishi ta’kidlangan.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarga tuman tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!