Kazemiro dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

Kazemiro dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ayni damda Kilian Mbappe eng yaxshisi. U juda aqlli va tezkor futbolchi. Ba’zida u menga Krishtianu Ronalduni eslatadi. Yana kim 38 yoshda 50 ta gol urishi mumkin? Krishtianuning jahon futboliga qo‘shgan hissasini baholash qiyin", - deydi braziliyalik yarim himoyachi.

Mavsum yakunida Mbappe "PSJ"ni tark etib, erkin agent sifatida "Real"ga o‘tishi avvalroq xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!