Kavani nega “Real”ga o‘tishga ikkilanyapti?

Kavani nega “Real”ga o‘tishga ikkilanyapti?

“Qirollik klubi” “Chelsi” a’zosi Eden Azarning transferi boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan keyin bor e’tiborini urugvaylik hujumchiga qaratdi. Kavani ayni damda “Real”ning hujumini kuchaytira olishi mumkin bo‘lgan hujumchi sifatida ko‘rilmoqda.

Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, Kavani Madridga ko‘chib o‘tishga ikkilanyapti, chunki u “Real” tufayli “PSJ” rahbariyati bilan nizoga borishni xohlamayapti. Shuning uchun ham u bu borada shaxsiy tashabbus ko‘rsatmoqchi emas va qachonki Parij klubi uni sotishga rozi bo‘lgan taqdirdagina “Real”ga o‘tmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!