Karantin davrida telefon va internet uchun to‘lov kechiksa ham uzib qo‘yilmasligi rostmi?

Karantin davrida telefon va internet uchun to‘lov kechiksa ham uzib qo‘yilmasligi rostmi?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri matbuot kotibi Sherzod Ahmatov  ishtirokida onlayn brifing o‘tkazilmoqda. 

Savol: Bugungi, karantin xolatda   Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda aholi uchun qanday imkoniyatlar yaratiladi? Telefon va internet uchun to‘lov kechiksa ham karantin davrida uzib qo‘yilmasligi haqidagi qarorni o‘qidim... 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining   «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. O‘zbekistonda 24 martdan boshlab fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Bundan tashqari, qarorda Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Shu bilan birga, idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘rilishi ham belgilangan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!