Karantin davrida bir qator xorijiy telekanallar ochiq rejimda efirga uzatiladi

Karantin davrida bir qator xorijiy telekanallar ochiq rejimda efirga uzatiladi

26 martdan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Euronews» va «Discovery channel» telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi. Bu haqda AKT vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Mazkur qaror koronavirus infeksiyasi sababli karantin sharoitida uyda yoki izolyasiyada bo‘lganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, agar ushbu telekanallar teletomoshabinlarning qurilmalarida mavjud bo‘lmasa, qurilmadagi «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanib topish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!