Kanalga tushib ketgan Nexia-2 olti kundan keyin topildi

Kanalga tushib ketgan Nexia-2 olti kundan keyin topildi

Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq tumanlarini bog‘lovchi kanalga Nexia-2 mashinasi tushib ketdi. IIVning ma’lum qilishicha, holat 3 fevral kuni sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia-2 haydovchisi mashinani Mingbuloq tumanidan Pop tumani To‘da qishlog‘i tomonga olib o‘tish uchun paromga chiqargan. Biroq u tajribasizlik qilgan va mashina kanalga tushib ketgan.

Mashina ichida bo‘lganlar hodisa sodir bo‘lgan paytda mashinadan chiqib olgan. Oqib ketgan mashinani qidirish ishlari olti kun davom etgan va u 9 fevral kuni 8 metr chuqurlikdan aholi yordamida chiqarib olingan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Haydovchi mashina kanalga tushib ketgan paytda undan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!