Kanadalik nafaqaxo‘r lotereya jekpotini yutib oldi
Kanadaning Kingston shahrida yashovchi, 30 yildan beri lotereya o‘ynab kelayotgan pensioner Lotto Max jekpoti 22 million dollarni qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi Global News.
Lori Skottning uni millioner qilish chiptasi 9 iyunda o‘ynalgan, biroq uning shaxsi faqat o‘tgan haftada ma’lum bo‘lgan.
Lotereya tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, nafaqadagi kutubxonachi yaqinda avtomatlashtirilgan Lotto Max o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tgan va uning so‘zlariga ko‘ra, bu uning yutug‘iga olib kelgan.
«Mening chiptam ta’tilda bo‘lganimda avtomatik ravishda sotib olindi», – deydi Skott.
Baxtli xonim sayohat paytida jekpot yutgani haqida elektron pochta xabarnomasini olgan, biroq u Ontariodan tashqarida bo‘lgani uchun sovrin miqdorini ko‘rish uchun tizimga kira olmagan.
Skottning ta’kidlashicha, u qancha yutganini faqat uyga qaytganida tushungan.
«Men bunga ishonolmadim», – deydi u. – Men hayajonlandim va hayratda qoldim. Ta’tilda qancha yutganimni bilmaganimdan xursandman – o‘y-xayollarim faqat o‘shanda bo‘lib, vaqtni o‘tkazib yuborgan bo‘lardim».
Skottning aytishicha, yutgan pul evaziga u uyni ta’mirlash va sayohatga chiqishni rejalashtirgan va yutuqning bir qismini xayriya ishlariga o‘tkazadi.
