“Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4700-son, 01.05.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suv zaxirasi mavjud bo‘lgan yerlarni foydalanishga kiritish va ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda ajratib berish tartibi belgilandi.
✅ Unga ko‘ra, tuman hokimligi foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini:
? dehqonchilik sohasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga 1 gektargacha dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, istisno tariqasida, 10 yilgacha muddatga ijaraga beradi;
? tajriba sinov tariqasida mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha xarajatlarni oldindan to‘lash sharti bilan 5 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarini 10 yilgacha muddatga ijara huquqini elektron auksion asosida sotadi.
Ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanadi va ustuvor ravishda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar ekiladi va bog‘, tokzorlar barpo etiladi.
Erdan foydalanish davomida belgilangan ekin turlarini ekib, ish o‘rinlarini yaratgan, ijara xarajatlarini o‘z vaqtida qoplagan tadbirkorlarga erdan foydalanish muddatini uzaytirishda ustuvorlik huquqi beriladi.
❗️Ushbu qaror doirasida beriladigan yer maydonlarida yengil konstruksiyali dala shiypon va sug‘orish inshootlarini joylashtirishga ruxsat beriladi, boshqa turdagi, shu jumladan turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man qilinadi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperasiyalarida ishtirok etadigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha 500 ming so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.