Kaliforniyada vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Kaliforniyada vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSh shimolidagi Kaliforniya shtatining chekka qismida shaxsiy vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBS13 rasmiylarga tayanib.

Koluz okrugi sherif idorasining ma’lum qilishicha, vertolyot mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni tushdan keyin qulagan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimi halokat joyidan to‘rtta jasadni topdi va ularning o‘limi bir vaqtning o‘zida e’lon qilindi.

Sherif idorasi, shuningdek, Federal aviasiya boshqarmasi (FAB) va Transport xavfsizligi milliy kengashi (TXMK) hodisani tekshirayotganini ham qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!