Kadirov Putin bilan uchrashib, uni Chechenistonga taklif qilgan

Kadirov Putin bilan uchrashib, uni Chechenistonga taklif qilgan

Checheniston rahbari Ramzan Kadirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda u Telegram-kanalida xabar berdi.

«Moskvada men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdim. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida ma’lumot berildi. U barqaror. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari tizimli rivojlanmoqda. Ikki GES, yangi aeroport va temir yo‘l vokzalini qurish, sement zavodini modernizasiya qilish kabi 500 dan ortiq investisiya loyihasini amalga oshirmoqdamiz», — deb yozadi respublika rahbari.

Shundan so‘ng u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Chechenistonga taklif qilganini aytdi: “Xulosa qilib aytganda, Vladimir Vladimirovichga barcha sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdim. Yana milliy liderimizni Checheniston Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildim".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!