Juma namozini uyda ado etish mumkinmi? O‘zbekiston Musulmonlari idorasi izoh berdi

A A A
Juma namozini uyda ado etish mumkinmi? O‘zbekiston Musulmonlari idorasi izoh berdi

 O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi bilan joriy yilning 17 martidan besh vaqt jamoat namozlari va juma namoziga jamlanmaslik, balki namozlarni uyda ado etish vaqtincha joriy etildi. Biroq, bu yangi savolni keltirib chiqardi: juma namozini 3-4 kishi uyda o‘qib olish mumkinmi? Musulmonlar idorasi raisi birinchi o‘rinbosari mazkur savolga javob berdi.

2020 yil 16 martdan e’tiboran O‘zbekistonda koronavirus – COVID 19 tarqalishining oldini olish chorasi sifatida karantin holati joriy qilindi. Shu bois, O‘zbekiston Musulmonlari ulamolar kengashining fatvosi bilan 5 vaqt jamoat namozi hamda juma namozini masjidlarda o‘qish vaqtincha to‘xtatildi. Endilikda, musulmon aholida juma namozini uyda uyda o‘qib olish mumkinmi, degan savol paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ushbu savolga javob berar ekan, jumladan quyidagilarni eslatdi.

«Ertaga juma kuni bo‘lishi munosabati bilan: “Juma namozini uyda o‘qisak bo‘ladimi?” – degan savollar ko‘paydi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosida ham juma namozi o‘rniga uyda peshin namozi ado etilishi aytilgan. Fiqhiy manbalarimizga murojaat qiladigan bo‘lsak, juma namozi durust bo‘lishi uchun juma namoziga davlat boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi, juma namozini odamlarga muftiy tomonidan tayinlangan kishi ado qilib berishi kerak.

Demak, juma namozi uyda o‘qilganda mana shu shartlar topilmaydi, natijada namoz durust bo‘lmaydi. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh: «Jumani ado qilish uchun umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi shart qilingan. Chunki juma – Islom shiorlaridan biri. Uni odamlar orasida ochiqchasiga qoim qilish shart bo‘ladi», - degan.

Bu mavzuda Ibn Obidin rahimahulloh: «Umumiy ruxsat – jome masjidi ochilib, odamlar kirishiga ruxsat bo‘lishidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yig‘ilib, eshikni yopib olib jum’a namozini o‘qisalar, namozlari durust bo‘lmaydi», - deya ta’kidlagan.

Hozirgi sharoitda hammamiz ittifoq bo‘lib, shariatimiz ko‘rsatmalariga amal qilishimiz, Alloh taoloning sinov-imtihonlaridan go‘zal suratda o‘tishga harakat qilishimiz lozimdir. Nafl ibodatlar, tilovati Qur’on, duo-tasbehlar, qiyin sharoitda qolganlarga xayru ehson qilish kabi Alloh taologa xush keladigan amallarni ko‘paytiraylik. Boshimizga kelgan sinovni ham savob ishlash uchun g‘animat fursat, deb bilaylik. Shoyadki, Alloh taolo tez kunlarda fazilatli, katta jamoatlarda namozlarni ado qilishni nasib aylasa, xalqimizga xotirjamlikni qaytarsa. Alloh taolo dunyo musulmonlari, jumladan xalqimizdan turli balo-ofatlarni uzoq qilsin! Omin!», - deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ochiqlamasida.

Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatida ta’kidlashicha, doimiy ravishda jamoat yoki juma namozini ado etib yurgan banda uzrli sabab bois, uni ado eta olmasa, Alloh taboraka va taolo unga jamoat va juma namozi savobini beraverishi haqida rivoyatlar vorid bo‘lgan.

— Domla, ilk savolimiz O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengashining fatvosi haqida. Ko‘pchilik namozxonlarimizda juma namozini 3-4 kishi bo‘lib, uyda o‘qish mumkinmi, degan mazmundagi savol paydo bo‘lmoqda.

— Bismillahir rohmanir rohiim! Alhamdullilah, vassolatu vassalamu ala rasulillah! O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengashining fatvosi, xalqimizni, musulmonlarni shu vabodan saqlash maqsadida qabul qilindi. Bu nafaqat bizning O‘zbekistonda, balki Islom davlatlari borki, xalqini shu ofatdan eson-omon saqlash chorasi qatorida barcha jamoat tadbirlari singari jamoat namozlari, hatto juma namozlarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qarorlar, fatvolar e’lon qildi.

Endi Biz bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerakki, bu fatvo deganda, juma namozlari, jamoat namozlarni vaqtinchalik to‘xtatish, yolg‘iz uylarda o‘qishlik tavsiyasi berishlik – bu hamma uchun. Juma namozini 3-4 kishi bo‘lsak ham, uyda o‘qib olsak bo‘ladimi, degan savollar bizlarga ham berilmoqda. Bundan xabarimiz bor. Shu narsani biz yana bir karra mo‘min-musulmonlarga tushuntirib qo‘yishimiz kerak bo‘ladiki, besh vaqt namozni ikki kishi bo‘lsa ham o‘qisa, jamoat sanaladi, uyida, o‘z oilasi bilan jamoat bo‘lib o‘qisa, nur ustiga nur. Chunki, u odatiy, kundalik namoz.

Ammo juma namozining o‘qilishida faqatgina jamoat hozir bo‘lishining kifoya emas. Uning alohida shartlari bor. U katta bir jome bo‘lishi kerak. Eng muhimi, kitoblarimizda aytiladiki, juma namozi o‘qishga davlat tomonidan va muftiy tomonidan ruxsat bo‘lishi kerak. O‘sha ruxsat berilgan joydagina, juma namozi ado qilinadi, degan shartlari bor.

Agar shunday ruxsat berilmagan joyda juma o‘qilsa-da, jumaga o‘tmaydi, degan masalalar bor. Shuning uchun, fatvoda ochiq-oydin aytilib qo‘yildiki, 3 kishi, 4 kishi emas, 10 kishi bo‘lsa ham, keling, bugun juma ekan, uning savobini topaylik, deb, juma namozini ado etsa ham, u ruxsatsiz o‘qilgan qatoriga kiradi.

Payg‘ambar alayhissolati vassalomning bir hadislari bor-da. «Sog‘lom odam, muqimlikda qilayotgan ibodatiga Alloh taolo qancha ajr bergan bo‘lsa, safarga chiqqanida yoki bemor bo‘lib qolganida qilgan ibodatiga, sog‘lig‘ida, muqimligida qilgan mukammal ibodatining savobi beriladi. Alloh, namozni o‘tirib o‘qiyapti, ruku-sajdasini to‘liq qilmayapti, shuning uchun, bunga yarim savob beraman demaydi. Chunki, banda o‘z holatidan kelib chiqib ibodatini ado etmoqda.

Shuning uchun, xotirjam bo‘lishsinki, uylarida yolg‘iz o‘qiyotgan namoziga, qani endi, masjid ochiq bo‘lsa-yu, jamoatda o‘qisam, deb niyat qilib turibdimi, unga o‘sha 25ta yoki 27ta savobni beradi. Chunki, banda o‘z ixtiyori bilan masjiddan yoki jumadan qolayotgani yo‘q», — dedi Homidjon Ishmatbekov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda alohida ko‘zga tashlandi

“Манчестер Сити” ва “Реал” ўртасидаги сўнгги учрашувда ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусанов ўзининг ажойиб ўйини билан эътиборни тортди.

Tramp: «Eron muammosini 2 soniyada hal qila olardim»

АҚШ Дональд Трамп яқинда Эрон билан боғлиқ ҳолат ҳақида қатор баёнотлар берди.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirdi

Бу ҳақда вазирлик матбуот котиби Мария Захарова маълум қилди.

Makron Eron haqidagi fikrlari uchun tanbeh oldi

Франция президенти Эммануэл Макроннинг Эрондаги можаро ҳақидаги фикрлари иккиюзламачилик деб баҳоланди.

Xayfa neft qayta ishlash zavodi – Isroilning eng yirik energetika ob’ekti

Хайфа нефть қайта ишлаш заводи (НПЗ) Исроилнинг энг йирик ва муҳим ёқилғи объектларидан бири ҳисобланади.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.