Eng baxtli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
Oksford universitetining farovonlikni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi “Jahon baxt hisoboti”ni (The World Happiness Report) nashr etdi.
Tadqiqotchilar ketma-ket to‘qqizinchi yil Finlandiyani dunyodagi eng baxtli mamlakat deb atadi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Islandiya, Daniya, Kosta-Rika va Shvesiya kirgan. Top-10 talikni Norvegiya, Niderlandiya, Isroil, Lyuksemburg va Shveysariya yakunlab bergan.
Ro‘yxatning eng quyi qismidan (147-o‘rin) joy olgan Afg‘oniston eng baxtsiz mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, reyting oxiridan Botsvana, Zimbabve, Malavi va Serra-Leone joylashgan.
Ekspertlar O‘zbekiston aholisining umumiy farovonlik va hayotdan qoniqish darajasini 10 balldan 6,283 ball deb baholagan (53-o‘rin).
MDH davlatlari orasida Qozog‘iston yetakchi bo‘lib qolmoqda, u 33-o‘rinni egalladi va o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Reytingda Qirg‘iziston -o‘rin, Moldova 77-o‘rin, Rossiya 79-o‘rin, Tojikiston 88-o‘rin, Armaniston 89-o‘rin va Ozarboyjon 102-o‘rinni egalladi.
Reyting metodologiyasi 140 ta mamlakat va hududdagi qariyb 100 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanadi. Respondentlar o‘z hayotini “Kantril zinapoyasi” testi bo‘yicha baholaydi, bunda 10 ball – eng yaxshi hayot, 0 ball esa eng yomoni hisoblanadi. Bundan tashqari, mutaxassislar aholi jon boshiga YAIM hajmi, shaxsiy erkinlik darajasi, korrupsiyani idrok etish va kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi kabi ob’ektiv omillarni ham hisobga oladi.
