JSST: yaqin uch kun ichida Al-Shifo bemorlarini G‘azo janubiga tashish tashkil etiladi

G‘azo sektoridagi Al-Shifo kasalxonasidan bemorlarni anklav janubiga tashish bo‘yicha yangi missiyalar yaqin uch kun ichida tashkil etiladi.
Bu haqda JSST ma’lum qildi.
“Keyingi 24 dan 72 soatgacha yangi missiyalar tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bemorlar G‘azo janubidagi Nosir tibbiyot majmuasi va Yevropa kasalxonasiga yetkaziladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)