JSST Kongoda Ebola virusi tarqalishining tezlashishi haqida ogohlantirdi

JSST Kongoda Ebola virusi tarqalishining tezlashishi haqida ogohlantirdi

Kongo Demokratik Respublikasining (KDR) ayrim klasterlarida yangi Ebola holatlari soni so‘nggi haftada ikki baravarga oshdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

"Epidemiya biz choralarimizni kuchaytirishdan ko‘ra tezroq tarqalib bormoqda, ayrim klasterlarda yangi holatlar soni so‘nggi haftada ikki baravarga oshdi", deb yozgan u KDR poytaxti Kinshasaga tashrifidan so‘ng ijtimoiy media platformasida.

JSST direktorining so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va gumanitar soha vakillari shoshilinch va keng ko‘lamli choralar ko‘rish zarurligi haqida kelishib oldilar. Bunga tibbiy yordamga kirishni kengaytirish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish, tibbiyot xodimlarini himoya qilish va xavfsiz dafn marosimlarini tashkil qilish kiradi.

Tedros Adanom Gebreyesus mahalliy aholining ishonchi va ularning choralar ko‘rishdagi ishtiroki epidemiyani jilovlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, 17-Ebola epidemiyasi 15 may kuni KDR sharqida boshlangan. 1 avgust kuni JSST uni mamlakat tarixidagi eng yirik deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqtirganlar soni 3700 dan oshdi, 1600 dan ortiq kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.