JSST kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda

JSST kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ustuvor patogenlar ro‘yxatini yangilashga kirishdi.

🔬Buning uchun 300 nafardan ortiq olimlar jalb qilindi. Ular 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, kelgusida “X kasalligi” yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavf omillari o‘rganiladi.

💉 Natijada to‘plangan manbalar infeksiyalarga qarshi yanada samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sog‘liqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

🗓 Aytish joizki, ilk bor patogenlar ro‘yxati 2017 yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng faqat bir marta ushbu ro‘yxat ommaviy yig‘ilishda muhokama qilingan.

📃 Yangi ro‘yxatdan esa COVID-19, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, Ebola va Marburg viruslari, Lassa isitmasi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS), og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS), Nipah virusi, Rift vodiysi isitmasi, Zika virusi va “X” kasalligi joy olishi ko‘zda tutilgan.

🩺 JSSTning yetakchi olimi Sumiya Svaminatanning ta’kidlashicha, ustuvor patogenlar ro‘yxati insoniyat salomatligini asrash yo‘lida profilaktik choralar vazifasini o‘taydi.

❗️Yangilangan ro‘yxat kelgusi yilning birinchi choragida e’lon qilinishi kutilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!