Joriy yil 1 martdan ommalashtirish.uz platformasi ishga tushiriladi

Joriy yil 1 martdan ommalashtirish.uz platformasi ishga tushiriladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi.

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i asosida “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi” tasdiqlandi.

✅ Unga ko‘ra mazkur ommalashtirish tartibi umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, maxsus maktab-internatlari, mehrli maktab o‘qituvchilariga tatbiq qilinadi va ixtiyoriy hisoblanadi.

✅ Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ish tajribalar metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda, metodik qo‘llanmaning eng kam hajmi 24 bet, metodik tavsiyaning eng kam hajmi 10 betdan iborat bo‘lishi lozim. Metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda o‘tgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar qabul qilinmaydi.

✅ Tanlab olingan metodik ishlar maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi.

✅Shuningdek, 2024 yilning 20 fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot (https://t.me/ommalashtirishuzbot) orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!