Jon Kirbi: AQSh Tayvanga qurol yetkazib berishda davom etadi

Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik tarafdori, Tayvan orolining mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashdan bosh tortmaydi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi.
“Prezident Bayden Prezident Siga biz mojaro emas, biz Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik bo‘lishini istashimizni ochiq aytdi”, dedi Kirbi.
“Ammo Tayvan munosabatlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, biz Tayvanga mudofaa quroli yetkazib berishda davom etamiz”, dedi Kirbi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)