Jokovich masalasiga Serbiya prezidenti ham aralashdi

Jokovich masalasiga Serbiya prezidenti ham aralashdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich bilan bog‘liq masalaga o‘z munosabatini bildirdi.

"Bu yerda hech qanday toza "o‘yin" haqida gap ketmayapti. Vaziyat siyosiy tusga ega. Avstraliya bosh vaziri va uning atrofidagilar o‘zlarini hammaga bir xil munosabatdagidek ko‘rsatishga urinishmoqda. Jokovichni to‘xtatib qolishning boshqa chorasini topa olishmadi. Faqat shu pastkashlik yo‘li bilan yo‘g‘iga g‘ov bo‘lishdi", - deya Vuchichning so‘zlarini keltirmoqda France 24.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich Melburn aeroportida vaksinasiya bilan bog‘liq sababga ko‘ra ushlab turilgan va Avstraliya hukumati tomonidan mamlakatga kiritilmagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!