Jizzaxda YHXBga tegishli mashina nega to‘xtash taqiqlangan joyda to‘xtab turgani ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda YHXBga tegishli mashina nega to‘xtash taqiqlangan joyda to‘xtab turgani ma’lum bo‘ldi

2021 yilning 22 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyati IIB YHXBga tegishli bo‘lgan, Lasetti rusumli, davlat raqam belgisi 25 224 VSF bo‘lgan xizmat avtomashinasi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtab turgan fotosurati tarqaldi.

Mas’ul xodimlar tomonidan mazkur holat o‘rganilganida, Jizzax viloyati IIB YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori katta serjant X.Donaqulov o‘ziga biriktirilgan mazkur xizmat avtomashinasida xizmat taqsimoti asosida Zomin tumaniga harakat xavfsizligini ta’minlash uchun xizmatga jalb etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xodimning 2021 yil 22 iyun kungi xizmat faoliyati unga biriktirilgan bodi kamera xotirasidagi videolavhalar o‘rganilganida, xizmat avtomashinasida xizmat zarurati sababli amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 25-bandiga muvofiq Zomin shaharchasi, Mustaqillik ko‘chasida o‘rnatilgan 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtaganligi va xizmat avtomashinasining ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchalari yoqilgan holatda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!