Jizzaxda uy bekasi jinoyatga qo‘l urdi

Jizzaxda uy bekasi jinoyatga qo‘l urdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Toshkentlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘irlangan pulining topilishida yordam so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, A.U. Jizzax shahri hududida “Nexia”sini qoldirgan paytda kimdir avtoulov yukxonasida bo‘lgan 2 million 400 ming so‘mni o‘g‘irlab ketgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Sharof Rashidov tumani Xovostlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, uy bekasi tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!