Jizzaxda tadbirkorga 1,7 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jizzaxda tadbirkorga 1,7 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Tadbirkorga 1,7 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. Jizzax shahridagi “Q.” oilaviy NTM rahbari G.ning ishonchiga kirib, unga bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali NTM faoliyatini rivojlantirish uchun 1,7 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!