Jizzaxda avtomobil urib yuborgan piyoda vafot etdi

Jizzaxda avtomobil urib yuborgan piyoda vafot etdi

Joriy yilning 11 iyun kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida piyoda o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, YTH 11 iyun kuni soat 2:05 larda 4R-33 Jizzax-Paxtakor avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Qang‘li mahallasidan o‘tuvchi 13 kilometrida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Jizzax shahri Xayrobod mahallasida yashovchi shaxs Vaz-2109 mashinasi bilan Jizzax-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan Nurafshon mahallasida yashovchi 35 yoshli piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!