Jizzaxda avtomashina shartnomasi uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi

Jizzaxda avtomashina shartnomasi uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Aydardaryotrans» XK rahbari B. fuqaro SH.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali Nexia-3 xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!