Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi

Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, Paxtakor tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida 7 sentyabr kuni soat 17:10 atrofida 2016 yilda tug‘ilgan T.SH. velosipedi bilan mahalla hududida ish jarayonini o‘tkazayotgan asfalt yotqizish mashinasi orqa tomoniga yaqinlashgan. Haydovchi orqaga qarab harakatlangan paytida bola mashina bilan to‘qnashib, yiqilgan va texnika ostida qolib ketgan.

Qayd etilishicha, oqibatda bola voqea joyida halok bo‘lgan. Holatga haydovchining beparvoligi, ish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani, haydovchi oldida uni ogohlantirib turishi kerak bo‘lgan yordamchi ishchilarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!