Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

A A A
Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

9 aprel kuni Zarbdor tumanida Jizzax viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muloqot Ramazon hayiti arafasida o‘tayotganiga urg‘u berib, xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan tabrikladi.

Barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. So‘nggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investisiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta yangi korxona ishga tushgan. Ularda 45 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan. Tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paygan. Qishloq xo‘jaligidan sanoatga katta sakrash bo‘lgan.

Lekin hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar, dolzarb masalalar ham bor. Ayrim tumanlarda aholini barqaror ish va oylik bilan ta’minlaydigan o‘rta korxonalar kam. Viloyat sanoatining 80 foizi 3 ta tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi. Yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi yer maydonlariga yarasha emas.

Shu bois, tashrifdan oldin, iqtisodiy kompleks vakillari tumanlarni chuqur o‘rganib, viloyatda 57 ming ish o‘rni yaratish imkoniyatlarini chamaladi. Umuman, Jizzaxning 13 ta tumanida iqtisodiyotga turtki beradigan 100 ta imkoniyat va zaxiralar aniqlangan.

Yig‘ilishda bu Zarbdor tumani misolida ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, tumandagi tijorat banklari mahalliy tadbirkorlar muammolarini hal qilib, faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashadi. “Zarbdor tekstil” korxonasi quvvatlari oshiriladi. “Rivoj davr” fermer xo‘jaligi aholiga bo‘lib berilgan yerlarda qovun yetishtirish va uni qayta ishlash orqali 28 million dollar eksport qilishni rejalashtirgan.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ma’lum qildi.

Viloyatda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari katta. Lekin eksport uchun yetarli mahsulot yo‘q. Shu bois ekinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilinadi.

Xususan, banklar o‘ziga biriktirilgan 309 ta mahallaga lider tadbirkorlarni topadi. Ular orqali aholiga tomorqada daromad topish uchun moliyaviy xizmat to‘plami qilib beriladi. Buning uchun banklar lider tadbirkorlarga aylanma uchun 3 yil muddatga 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratadi, byudjet hisobidan agronom jalb qilish, o‘qitish, mahallada yig‘ish, saqlash va quritish punktlarini tashkil qilish uchun 1 milliard so‘mgacha grantlar beradi, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidan 33 million so‘mdan, “Biznesga birinchi qadam” dasturidan 17 million so‘mdan kredit ajratadi.

Tumanlarda bittadan yaxlit kontur tanlab olinib, jami 500 gektar maydonda bir xil mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Arnasoyda 16 sentnerdan kam hosil olinayotgan yerlar lotlarga bo‘linib, meva-sabzavot ekadiganlarga taklif qilinadi.

Bularning natijasida viloyatda meva-sabzavot yetishtirish hajmini ikki yilda 2 karra oshirib, 3 million tonnaga, keyinchalik 5 million tonnaga olib chiqish imkoniyati bor. Bu qayta ishlash va eksportni ham 2-3 barobar oshirishga zamin bo‘ladi.

Viloyatda kasanachilik asosida asalarichilikni rivojlantirish uchun imkoniyat ham, tadbirkorlar ham bor. Masalan, o‘rmon xo‘jaligi yerlariga asalari qutilarini joylash orqali mingta oilaning bandligini ta’minlash, 50 milliard so‘m qo‘shimcha daromad olish, 2 million dollar eksportga chiqarish mumkin. Shu bois Zomin tumanida asalarichilik markazi tashkil qilish, quti va jihozlar ishlab chiqarish, asalni qadoqlab, eksportga yuborish vazifalari belgilandi.

Yangiobod tumanidagi lalmi yerda oq piyoz yetishtirish, quritish, qadoqlash va muzlatgichli omborxonani qamrab olgan klaster tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Chorvachilik, baliqchilik va issiqxona xo‘jaligi uchun qulayliklar ham aytib o‘tildi.

“Janubiy Mirzacho‘l” va “Tuyatortar” kanallarini betonlash, nasoslar o‘rnatish qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Mutasaddilarga bu borada uch yillik dasturni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sanoat rivoji uchun ham zaxirlar ko‘p. Masalan, xitoylik investorlar Jizzaxda qurilish materiallari, kimyo, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va farmasevtika tarmoqlarida 4 milliard dollarlik 22 ta loyiha taklifini bildirgan. Ularning natijasida sanoat 12 trillion so‘mga o‘sadi, 250 million dollar eksport imkoniyati yaratiladi.

Buning uchun Zomin tumanida sanoat texnoparki tashkil etilib, 1 milliard dollar xorijiy investisiya hisobiga 50 ta yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Zarbdor tumanining Shodlik mahallasida “Jizzax” sanoat zonasi filiali ochilib, 140 million dollarlik 15 ta yirik loyiha joylashtiriladi. Sharof Rashidov tumanidagi bo‘sh turgan inshootda sanoat zonasi tashkil qilinib, elektrotexnika va charm sanoati bo‘yicha korxonalar ishga tushiriladi.

So‘nggi yillarda Jizzaxda avtomobilsozlik vujudga keldi. Kelgusi uch yilda 1 milliard dollar investisiya hisobidan uning quvvatini yana 100 mingtaga oshirib, 10 mingta ish o‘rni ochish, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Paxta-to‘qimachilik tarmog‘ida 220 million dollarlik 29 ta loyiha amalga oshirilishi aytildi.

Elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi “Mono elektrik” korxonasi kasanachilik asosida ko‘zi ojiz insonlarni ish bilan ta’minlash tashabbusi bilan chiqqan. Davlatimiz rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bu borada Jizzax tajribasini yo‘lga qo‘yish, shunday kasanachilik loyihalarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit yaratish, 10 ta madaniy meros maskanida “turizm halqasi” tashkil etib, ularga eltuvchi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bu yil viloyatda 4 ming 500 xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan.

Talab yuqori tumanlarda qo‘shimcha uylar qurish, Jizzax shahridagi perenatal markaz va ko‘priklarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari, vazirlar axborot berdi. Videoaloqa orqali xorijdagi elchilar va tumanlar jamoatchiligi bilan muloqot bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Rossiyada muftiylar ommaviy ravishda hibsga olinmoqda

Уларнинг айримлари террорчилик моддаси бўйича – “Мусулмон биродарлар” ташкилоти билан ҳамкорлик қилишда айбланмоқда

Putin va Kabayevaning farzandlariga Yevropadan 20 nafar tarbiyachi yollangan

Путин ва Кабаева фарзандларининг исмлари ва туғилган саналари аввалроқ “Досье” маркази томонидан аниқланганди

"Mundialdan so‘ng skautlar nigohi O‘zbekistonga qaratiladi"

Жаҳон чемпионати ҳар тўрт йилликнинг энг нуфузли мусобақаси ҳисобланади.

Zo'r TV telekanali 30-may kuni Yevropa chempionlar ligasining final o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Европа чемпионлар лигаси финалидан ўрин олган "ПСЖ" - "Арсенал" баҳси 30-май куни Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.