Jirinovskiy: “Zudlik bilan Rossiya chegaralarini yopish kerak!”

Jirinovskiy: “Zudlik bilan Rossiya chegaralarini yopish kerak!”

RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy koronavirusning yanada tarqalishini oldini olish uchun Rossiya fuqarolarining chet elga chiqishini taqiqlashga chaqirdi, deb yozadi RIA Novosti.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning ikkinchi to‘lqinini Rossiyaga janubiy mamlakatlarda dam olib qaytayotganlar olib kelishgan.

"Moskvada va Rossiyaning boshqa mintaqalarida COVID-19 paydo bo‘lishi munosabati bilan fuqarolarimizning sayohat qilishini zudlik bilan to‘xtatish va chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qaror uchun javobgarlar jazolanishi kerak", - dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat epidemiya darajasi pasaygan davlatlar bilan chegaralarni ochish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!