Jinoyat ishi tomonlarning yarashuvi bilan tugadi

Jinoyat ishi tomonlarning yarashuvi bilan tugadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi
PF-5635-sonli 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida gi Farmoni
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan 2019 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2019 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining ijrosini ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan shahardagi har bir sektorlarda va MFYlarda aholi orasi huquq targ‘ibot ishlari amalga oshirish bilan bir qatorda joylarda sayyor sudlari tashkil qilinib, 2019 yil fevral oyining 21 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat Buxoro shahar sudining Buxoro shahar Foshun MFY binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisi Yoshlarga va ayollarga oid jinoyat ishlarini ko‘rilishida Yoshlar ittifoqi va xotin qizlar qo‘mitasi vakillari ishtirokida FISh yashiringan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasining 1-qismi bilan (Jurayev Jura Jurayevich)ga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi sudning ajrimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JK 266-moddasining 1-qismi bilan (Jurayev Jura Jurayevich)ga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JK 661-moddasiga asosan tomonlarning yarashuvi munosabati bilan harakatdan tugatilib, (Jurayev Jura Jurayevich) jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.

Fuqaroviy da’vogar va jabrlanuvchi tomonlarga ularnig huquq va majburyatlari tushuntirilib o‘tildi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning qonunlarni hurmat qilishda avvalo insoniylik vatanga sadoqat, bir birlari bilan hurmat va izzatda bo‘lishlari kelgusida bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymasliklaridan dalolat bermoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining raisi Sharopov Nodirbek Yunusovich

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!