Jeparovning fikricha, Ektor Kuper ketishi kerak

Jeparovning fikricha, Ektor Kuper ketishi kerak

Kecha, 11 sentyabr kuni Toshkentning "Humo" hokkey jamoasi Rossiyaning "Ryazan" klubiga qarshi muzga chiqib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozongan ilk o‘yinni tomosha qilish uchun Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milli terma jamoasining sobiq a’zosi Server Jeparov ham muz saroyiga kelgan va bu haqda o‘zining Instagram'dagi sahifasiga post joyladi. 

Surat ostiga kuzatuvchilardan biri Serverga murojaat qilib, undan termaga qaytishni so‘ragan.

36 yoshli yarim himoyachi esa foydalanuvchiga hozirgi terma jamoa a’zolari o‘ynab ketishi uchun bosh murabbiy (Ektor Kuper) o‘zgarishining o‘zi kifoya qilishini aytgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ektor Kuper lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga terma jamoaning sobiq murabbiyi Vadim Abramov qaytishi kutilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!