JCH-2022 muammolari: chet ellik xodimlar 6 soat davomida ovqat va suvsiz qolishdi

JCH-2022 muammolari: chet ellik xodimlar 6 soat davomida ovqat va suvsiz qolishdi

2022 yilgi jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilar ish sharoitidan shikoyat qilishdi.

Hindistonlik 212 kassir (205 erkak va 7 ayol) musobaqaning ochilish marosimi oldidan 6 soat davomida ovqat va suvsiz qoldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Xodimlarga ko‘ra, ular turar joydan ertalab soat 9 da olib ketilgan va soat 10:00 da “Al-Bayt” stadioniga tushirilgan, biroq soat 16:00gacha arenaga kiritilmagan. Kassirlarga menejer kelishini kutish kerakligi aytilgan, ammo ovqat berilmagan.

Xuddi shunday hodisa 20 nafar filippinlik sotuvchi bilan ham yuz berdi, ular stadion tashqarisida uch soat davomida ovqat va suvsiz qolib ketishdi.

Barcha xodimlar Qatar Star Services bilan bir oylik shartnoma imzolaganlar. Ular bepul turar joy va bir mahal ovqat bilan ta’minlanishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!