JCH-2022. Braziliya 1/8 finalga chiqdi

JCH-2022. Braziliya 1/8 finalga chiqdi

JCH-2022 G guruhi 2-turi doirasidagi Braziliya va Shveysariya o‘rtasidagi o‘yindan keyin yana bir jamoa nimchorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Stadium 974»da o‘tgan uchrashuvda Braziliya qiyin va muhim g‘alabaga erishdi. Ikkinchi bo‘limda Risharlison to‘pni Kazemiroga olib bergan, u esa Vinisiusni yakkama-yakka vaziyatga chiqargach, hisob ochildi. Ammo VAR vaziyatni takror ko‘rgach, Risharlison o‘yindan tashqari holatda ekani ma’lum bo‘lib, gol bekor qilindi.

Shunga qaramay, 83-daqiqada Kazemiro kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni ochib, yakunda jamoasiga muhim g‘alaba va 1/8 final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Tite shogirdlari 2 o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Shveysariya 3 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Kamerun va Serbiyada bir ochkodan mavjud. Braziliya so‘nggi turda Kamerun, Shveysariya esa Serbiyaga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2022. G guruhi. 2-tur
Braziliya – Shveysariya 1:0

Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.
Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinyos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.
Shveysariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Jaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (Shteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).
Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!