Jayron ovchilari sudlandi

Jayron ovchilari sudlandi

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 5 oy muqaddam, aniqrog‘i 2019 yilning 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi Qorako‘l tumanining 5 nafar fuqarolari tomonidan uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, hayvonot olamining noyob turlaridan bo‘lgan 2 bosh urg‘ochi jayronlarni ovlashgan edi. 

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan edi, deya ma’lum qildi "ekologuz" telegram kanali.

2020 yilning 7 fevral  kuni esa ushbu sud ishining yakuniy qismi Qorako‘l tumanining jinoyat sudida bo‘lib o‘tdi.

Sud qaroriga muvofiq qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilanib, ularga jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undirib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!