Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, O‘zbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat ob’ektlariga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kim Du Gyom Koreya tarixida ilk bor O‘zbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari ko‘zda tutilayotgani ta’kidladi.
Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til o‘rganish kurslarini tamomlagandan so‘ng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qo‘llanilmoqda. Koreya meri, agar natija ijobiy bo‘lsa, boshqa shaharlar ham O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini tushuntirdi.
Koreya tomoni O‘zbekiston tomonining Ulsan korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan bo‘lsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston fuqarolarini Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Бокс Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинлари дастуридан ўрин оладиган бўлди. Бу ҳақида Грецияда ўтаётган Халқаро Олимпия қўмитасининг (ХОҚ) 144-Сессиясида расман эълон қилинди.
18-март куни кечқурун Лиговск проспектидаги "Галерея" савдо мажмуаси ёнида бир гуруҳ ёшлар орасида тўппончага ўхшаш буюм билан рақсга тушган 19 ёшли Ўзбекистон фуқароси полиция томонидан ушланди.