Janubiy Koreya chip sanoatida asosiy o‘yinchi bo‘lmoqchi

Janubiy Koreya chip sanoatida asosiy o‘yinchi bo‘lmoqchi

Janubiy Koreyaning texnologiya giganti Samsung Electronics keyingi 20 yil ichida milliy chip sanoatini rivojlantirmoqchi. Kompaniya dunyodagi eng yirik chip ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun 230 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Samsung'ning taxminiy qiymati 300 trillion vonlik (230 mlrd dollar) loyihasi hukumat tomonidan e’lon qilingan 550 trillion von qiymatidagi xususiy sektor investision rejasining bir qismi hisoblanadi.

Mazkur strategiya soliq imtiyozlarini kengaytiradi hamda chiplar, displeylar va batareyalar kabi yuqori texnologiyali tarmoqlar raqobatbardoshligini oshiradi.

Janubiy Koreya chip ishlab chiqarish sanoatida asosiy o‘yinchi bo‘lishni maqsad qilgan. Mamlakat shu sababdan yirik xotira chiplari ishlab chiqaruvchilari Samsung Electronics va SK Hynix’ga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda.

Hozirda ushbu sanoatda Tailand kompaniyalar yetakchi hisoblanadi — Intel va Taiwan Semiconductor Manufacturing.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!