Jahonning eng ko‘p haq oladigan maslahatchisi korrupsiya haqida: «Devordagi tuynuk o‘g‘rini jalb etadi»

A A A
Jahonning eng ko‘p haq oladigan maslahatchisi korrupsiya haqida: «Devordagi tuynuk o‘g‘rini jalb etadi»

Menejment daholaridan biri, jahonning eng ko‘p haq to‘lanadigan maslahatchilari qatorida turadigan Isxak Adizes RBK bilan suhbatda korrupsiyaga qarshi kurash, demokratiya, bugungi jamiyatdagi tafovutlar haqida so‘z yuritdi.

Siz yaqinda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorga maslahatlar bitilgan ochiq xat yo‘lladingiz. Rossiya rahbariyatiga ham xuddi shunday xat yozadigan bo‘lsangiz, qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
Men 50dan ortiq mamlakatlarda ma’ruza o‘qiyman va barcha joyda bitta umumiy muammo mavjud korrupsiya. Nima uchun bu hodisa keng tarqalgan va unga qarshi qanday kurashilmasin, muhim ahamiyat kasb etadi? Yahudiylarda bir maqol bor: devordagi tuynuk o‘g‘rini jalb etadi. Hozirda dunyo izchil o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda iqtisodiyot, odamlar hayoti, texnologiyalar juda tez o‘zgarmoqda. Ana shu o‘zgarishlar bois mamlakatda boshqaruv izdan chiqmoqda va devordagi tuynuklar ko‘payib bormoqda. Davlat tizimi ishlamaydigan joyda korrupsiya aylanma yo‘llarni topishga yordam beradi. Shuning uchun unga qarshi qat’iy jazolar, masalan Xitoydagi kabi qatl qilishlar bilan kurashib bo‘lmaydi. Agarda korrupsiyaga barham berilsa, hamma narsa ishlashdan to‘xtaydi. Gap shundaki, korrupsiya byurokratiyaning teskari tomoni: masalan, o‘sha Meksikada olma hosilini terib olish kerak, davlat hosilni terib olishni nazorat qiluvchi 88ta qoidani o‘rnatgan. Bunday sharoitda ishlash uchun odamlar istasa-istamasa qonunni buzishlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois, Meksika prezidentiga biznesning barcha sohalarida tartibga solishni soddalashtirish, uni yanada tushunarli va shaffof qilishni maslahat berdim.

O‘z blogingizda qiziq holatni tasvirlagansiz: barcha sobiq va amaldagi kommunistik davlatlarda jamoat joylari ko‘chalar, bekatlar, sport maydonchalari iflosligini, demokratik davlatlarda esa top-tozaligini aytgansiz. Nega shunday?
Nafaqat kommunistik mamlakatlarda, balki barcha sobiq mustamlaka davlatlarda shunday. Barcha avtoritar davlatlarda ham. Bunday mamlakatdagi istalgan uyga kiring va siz zinalar iflosligini, devorlar yorilib ketganini ko‘rasiz. Xonadon ichiga kirsangiz top-toza va chiroyli. Nima uchun ichkarida va tashqarida bunday farq bor? Chunki bunday mamlakatlardagi odamlar shunday o‘ylashadi: bu meniki, bu seniki, seniki bilan meniki o‘rtasidagi barcha narsalar hech kimniki emas, ular haqida davlat o‘ylasin, ularning bizga aloqasi yo‘q. Bunday mamlakatlarda xalq o‘zini hukumatga qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Demokratik davlatlarda esa odamlar boshqacha o‘ylashadi: hukumat bu biz, demak, barcha jamoat joylari bizniki. Men yashaydigan Santa-Barbarada ko‘chada bir parcha qog‘oz yerda yotganini topa olmaysiz. Nima uchun? Chunki har shanba kuni odamlar o‘z ko‘chalaridagi chiqindilarni yig‘ishtirishadi, demokratiyaning kuchi mana shunda.

Ammo hozirda ko‘plab siyosatchilar, masalan libertarianlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Ron Pol aksariyat mamlakatlarda demokratiya tezda befoyda tizimga aylanayotganini aytmoqda. Nima uchun shunday bo‘lmoqda?
Muammoning ildizini quyidagilarda deb bilaman. Rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kuchaymoqda, chunki mamlakatlar oldida turgan muammolar kalavasi borgan sari chuvalashib ketmoqda. Kalavaning uchini faqatgina hukumat topadigandek tuyulmoqda va u o‘ziga ko‘proq hokimiyatni olmoqda. Bu demokratiyani o‘ldiradi. Demokratiya halok bo‘lishining yana bir sababi, partiyalar hokimiyat uchun kurashga qattiq kirishishidir. Ular bir-birlarini korrupsiyada ayblaydi va oddiy fuqaro ulardan qay biri yaxshi, qay biri yomonligini anglolmay qoladi. Va u barchasini tartibga keltiradigan qandaydir ota boshqarishini xohlay boshlaydi. Markazlashish yangi feodalizmga olib keladi.

Menimcha, demokratiya tizim sifatida ta’lim darajasiga bog‘liq: odamlarning dunyoqarashi tor bo‘lsa, ular oqilona qaror qabul qila olishmaydi, ularni boshqarish oson bo‘ladi.
Shunaqa, lekin muammo shundaki, bizning davrimizda ta’limga yondashuv ham boshqacha bo‘lishi kerak. Men Kolumbiya universitetida doktorlik darajasini olganimda judayam xursand edim va o‘zimdan faxrlandim. Qo‘limda diplom bilan yo‘lakda ketarkanman, auditoriyadan doktorlik dasturiga kirish imtihonini topshirgan talabalar chiqib kelishdi. Ularga qani, nimalardan imtihon topshiryapsizlar dedim. Ikki-uch yildan keyin xuddi menday doktorlik darajasini oladigan bu talabalarning kirish imtihonlariga nazar solarkanman, bu imtihonlardan o‘ta olmasligimni tushundim ulardan menda yo‘q bilim talab qilinayotgandi. Mening doktorlik darajam o‘sha darajani olgan kunimoq eskirib bo‘lgandi. Biz o‘rgangan narsalar bir necha yil ichida eskiradi: inson o‘z bilimlarini muntazam ravishda oshirib bormasa, shifokor yoki muhandis bo‘la olmaydi. Juda ko‘pchilik diplom oladi va o‘ylaydi: bo‘ldi, endi men hamma narsani bilaman va oqilona qarorlar qabul qila olaman. Aslida diplom siz bilim olishni tugatganingizni emas, bilim olishda davom etishingizga ruxsat berilganini anglatadi. Sog‘lom qaror qabul qilish uchun inson doimo, butun umri davomida o‘qib-o‘rganishiga to‘g‘ri keladi.

Isxak Adizes haqida

Isxak Kalderon Adizes Adizes Institute (Kaliforniya) asoschisi, yuzlab kompaniyalar, jumladan Bank of America, Coca-Cola, IBM va boshqalarning biznes-maslahatchisi, Shvesiya, Braziliya, Isroil, Meksika hukumatlarining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi. Jahonning eng ko‘p haq to‘lanadigan maslahatchilaridan biri.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

AQShning rejasi barbod bo‘ldimi?

Эроннинг янги раҳбарияти аввалгисидан ҳам "кескинроқ" бўлиб чиқди

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Peter Madyar prezidentdan iste’foga chiqishni talab qildi

Тамаш Шуёк билан учрашувга парламентда вакиллик қилаётган бошқа икки партия етакчилари, жумладан, Виктор Орбан ҳам таклиф этилган.

ECHL yarim finalida to‘rtta davlatdan to‘rtta jamoa qoldi

Чемпионлар лигасининг жорий мавсуми ярим финал босқичида қизиқарли ҳолат кузатилмоқда

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.