Jahongir Ortiqxo‘jayevning yangi o‘rinbosarlari kimlar?

Jahongir Ortiqxo‘jayevning yangi o‘rinbosarlari kimlar?

2018 yil dekabrdan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Hotambek Shokirov (1970 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Gazeta.uz .

Hotambek Shokirov mazkur lavozimga may oyi boshida vazifasidan ozod qilingan Sherzod Hojizodayev o‘rniga tayinlandi.

Alimardon Qarshiyev (1971 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alimardon Qarshiyev shahar hokimiyatining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!