Jahon rekordiga bir qadam: Ronaldu milliy jamoada 100tadan ko‘p gol urgan yevropalik ilk futbolchiga aylandi

Jahon rekordiga bir qadam: Ronaldu milliy jamoada 100tadan ko‘p gol urgan yevropalik ilk futbolchiga aylandi

UYEFA Millatlar ligasi 2-turi doirasida Portugaliya milliy jamoasi safarda Shvesiya ustidan g‘alabaga erishdi (2:0).

O‘yinda portugaliyaliklar forvardi Krishtianu Ronalduning dubli mehmonlarga 3 ochkoni keltirdi. 

Bu gollar «Yuventus» goleadori uchun milliy jamoa libosidagi 100 va 101-gollar sifatida qayd etildi. E’tiborlisi, Ronaldu ko‘hna qit’a milliy jamoalari orasida 100ta gol urgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.

Krishtianu milliy jamoalar safidagi gollari soni bo‘yicha jahon rekordini yangilashga yaqin kelmoqda. Bu boradagi rekord Eron milliy jamoasi afsonasi Ali Daiyga tegishli bo‘lib, u forslar tarkibida 109ta golga mualliflik qilgan. Shunday qilib, Ronalduning dunyo rekordini takrorlashi uchun mamlakati jamoasi safida 8ta gol qoldi.

Ma’lumot uchun, Ronaldudan keyingi Yevropadagi eng yaxshi natija Vengriya milliy jamoasi afsonasi Ferens Pushkashga tegishli edi – 84ta gol. 

Bundan tashqari,  Krishtianu Portugaliya safida 165-o‘yinini o‘tkazdi. Ronalduda Yevropa rekordini o‘rnatish uchun 11, jahon rekordini yangilash uchun 19 o‘yin qoldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!