Jahon banki O‘zbekistonga “O‘zbekistonning energetika sohasini transformasiya qilish uchun innovasion uglerod resurslari” loyihasi doirasida 46 million 250 ming dollarlik grant mablag‘larini taqdim qilmoqda. Bu haqda Jahon banki axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar energiya subsidiyalarini isloh qilish doirasidagi chora-tadbirlarni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Ular energiya resurslari iste’molini va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga olib keladi. Xususan, loyiha O‘zbekistonga "uglerod kreditlari"ni (CO2 tonna ekvivalentida o‘lchanadigan, issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgan qismining miqdori) to‘plab borish va ularni xalqaro uglerod bozorlarida sotish imkonini beradi. Ushbu loyiha O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda Parij kelishuvi doirasidagi birinchi shunday xalqaro tashabbus bo‘lib, mamlakatga jahon uglerod bozori mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Loyiha energetika sohasida issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish va O‘zbekistonda toza energiya ishlab chiqarishga o‘tish bo‘yicha katta salohiyatga ega. Uning doirasida tegishli institutlar, infratuzilma, tizimlar, jarayonlar, kasbiy-texnik salohiyat, shuningdek, Parij kelishuvida nazarda tutilgan uglerod bozori mexanizmlarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar yaratiladi va sinovdan o‘tkaziladi. Loyiha tadbirlari mamlakatni kelajakda bunday tashabbuslarni yanada kengroq amalga oshirishga tayyorlaydi.
Loyihani amalga oshirish doirasida 2028 yilgacha har yili O‘zbekistonga energiya subsidiyalarini isloh qilish natijalari uchun rag‘batlantiruvchi tadbirlar sifatida grant mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular emissiyalarni tasdiqlangan qisqarishi uchun ajratiladi. Prognozlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish davrida O‘zbekiston emissiyalarni taxminan 60 million tonnaga qisqartirishi mumkin. Shundan taxminan 2 – 2,5 million tonnasi loyiha doirasida sotib olinadi. Qolgan uglerod birliklarini O‘zbekiston loyiha davomida yaratilgan va sinovdan o‘tgan tizim va mexanizmlardan foydalangan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.
Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.
Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.
Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.
Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.
“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.
Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.