Jahon banki koronavirusga qarshi kurash uchun Qirg‘iziston hamda Tojikistonga qariyb 25 mln dollar ajratdi

Jahon banki koronavirusga qarshi kurash uchun Qirg‘iziston hamda Tojikistonga qariyb 25 mln dollar ajratdi

Jahon banki Markaziy Osiyoning ikki mamlakati Qirg‘iziston hamda Tojikistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 23,45 mln dollar ajratdi. Bu haqda bank rasmiy “Tvitter“ida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha bank Qirg‘izistonga $12,15 mln ajratgan. Ushbu mablag‘ yangi testlar yetkazib berish, himoya jihozlari sotib olish, Covid-19 bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlarini o‘qitish uchun sarflanadi. Shuningdek, 9 million dollar tez yordam texnikalari hamda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni himoya qilish uchun ishlatiladi.

Jahon banki Tojikistonga 11.3 million dollar mablag‘ ajratdi. Bu pullar mamlakatda yangi 100 o‘rinli reanimasiya tashkil etish, yangi test tizimlari yetkazib berish, reanimasiya bo‘limi xodimlarini o‘qitish uchun sarflanadi.

Hozirda Qirg‘izistonda 130 koronavirus holati qayd etildi, 1 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiy tarzda Tojikistonda koronavirus aniqlanmadi. Mamlakatda 2000 dan ortiq odam karantinda saqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!