Jahon banki ekspertlari bilan O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

Jahon banki ekspertlari bilan O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va bu borada xalqaro tajribani qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va Jahon banki ekspertlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Bundan tashqari, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!