Izboskanda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Izboskanda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 22 yoshli ayol, ayolni himoya qilishga uringan onasi va 12 yoshli ukasi o‘ldirilgani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 12 sentyabr kuni Izboskan tuman “To‘rtko‘l” MFY Xotira ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i R.SH., qaynonasi R.M va qayniukasi R.X. bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jaroxati yetkazgan.

Oqibatda turmush o‘rtog‘i va qaynonasi hodisa joyida, qaynukasi R.X. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 12 sentyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!